Sport Tezkor xabarlar

«Barsa» noxush seriyasini to‘xtatdi, Lempard hayot-mamot o‘yinida g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari yakunlari

Angliya: «Arsenal» «Tottenhem»ga to‘rtinchi o‘rinni bermayapti

Everton – Chelsi 1:0
Gol: 1:0 – 46 Risharlison.
Everton – Pikford, Koulmen, Mina, Xolgeyt, Mikolenko, Alli, Grey, Delf (Allan, 71), Dukure, Ivobi, Gordon, Risharlison (Rondon, 80).
Chelsi – Mendi, Jyeyms, Aspilikueta (Pulishich, 68), Tiago Silva, Ryudiger, Alonso, Jorjino (Kovachich, 46), Loftus-Chik, Maunt, Haverts, Verner (Ziyosh, 68).

Taqdir hazilini qarangki, «Everton»ning taqdiri jamoa ustozi Frenk Lempard afsonasi bo‘lgan klubga qarshi o‘yinga bog‘liq bo‘ldi. Aytish kerakki, «irislar» fanatlari jamoani muhim o‘yin arafasida «Gudison Park» atrofida qizg‘in qo‘llab-quvvatlashdi. Birinchi bo‘limda «Everton» yaxshiroq ko‘rindi, «Chelsi» to‘pga egalik qilish borasida 74 foizlik ustunlik ko‘rsatganiga qaramay, darvoza sohasiga birorta zarba bera olmadi.

Mezbonlar tanaffusdan keyin darhol gol urishi mantiqiy edi, bu vaziyatda Aspilikueta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni undan o‘g‘irlab ketgan Risharlison hisobni ochdi. Pikford hayotidagi eng yodda qolarli o‘yinlardan birini o‘tkazdi. Ushbu darvozabonning qaysi seyvi eng yaxshisi bo‘lganini ham aytish qiyin. Bir safar u o‘ng ustunga tekkan zarbaga tashlangach, qaytgan to‘pni qaytarish uchun yetib bordi va to‘pni darvoza chizig‘i ustida to‘xtatdi. Boshqa safar Ryudigerning bir necha metr masofadan yo‘llagan zarbasini yuzi bilan to‘sdi.