16-17 may kunlari frontda jiddiy o‘zgarish kuzatildi. Dastlab Rossiya propagandachi saytlari va telekanallarida «Azovstal»dan yaralangan harbiylar olib chiqila boshlagani xabar qilindi. Ko‘p o‘tmay Ukraina Mudofaa vazirligi bu ma’lumotni tasdiqladi. Prezident Zelenskiy odatiy kechki murojaatida ham evakuatsiya haqida ma’lumot berdi.
Ukraina bosh shtabi Mariupol himoyachilariga endi faqat tirik qolish topshirig‘i berilganini ma’lum qildi. «Azovstal» strategik muhim bo‘lgan Azov dengizi bo‘yidagi Mariupol shahrining omon qolgan yagona qal’asi edi. Aynan shu yerda ukrainalik askarlar, xususan, «Azov» polkining jiddiy qarshiligiga uchragan rus harbiylari ko‘p vaqt va askar yo‘qotishdi. Xo‘sh, zavod yerto‘lalaridagi barcha askarlar chiqib ketsa, Mariupol to‘liq Rossiya nazoratiga o‘tgan bo‘ladimi?asd