Texnologiya

TECNO SPARK 40: O’zbekistonda yangi AI-smartfonlar seriyasi savdoga chiqdi

Zamonaviy foydalanuvchilar endi nafaqat chiroyli, balki qulay, tezkor va arzon narxdagi smartfonlarni tanlamoqda. Yoshlar va faol foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan TECNO brendi O’zbekistonda yangi TECNO SPARK 40 seriyasini taqdim etdi va u allaqachon e’tiborni tortishga ulgurdi.

Seriyaga uchta model kiradi: SPARK 40, SPARK 40 Pro va flagman SPARK 40 Pro+. Ularning barchasi bitta tamoyilga amal qiladi: “ingichka korpus —kuchli taassurot”.

Ultraingichka korpus — kundalik qulaylik

Birinchi navbatda e’tiborni tortadigan jihat — bu smartfonning ingichkaligi.

SPARK 40 Pro+ o‘z toifasida eng ingichka smartfonlardan biri —qalinligi atigi 6,49 mm. Shu bilan birga, u kuch va mustaqillikdan saqlab qolgan.

Korpus kompozit plastmassadan yasalgan bo‘lib, orqa paneli mat qoplamali. Bu qo‘lda ushlaganda “qumli” effekt beradi, cho‘ntakni tortmaydi va ergonomik dizayni tufayli bitta qo‘l bilan ishlatishda ham qulay.

IP64 himoyasi smartfonni chang va suvdan himoya qiladi — yomg‘irda, changli sharoitda yoki nam muhitda ham xavfsiz ishlatish mumkin. Bu uni shahar sharoitida ham, sayohatlarda ham ishonchli hamrohga aylantiradi.

O’zbekiston aholisi uchun, bu — mobil, yengil va zamonaviy uslubning ideal uyg‘unligi.

Ishlash samaradorligi hamma narsaga yetadi

Barcha SPARK 40 modellar tez ishlaydi, ammo Pro+ modeli haqiqiy yutuq hisoblanadi.

TECNO dunyoda birinchi bo‘lib yangi Helio G200 chipsetiga ega smartfonni taqdim etdi. U 6-nm texnologiyada ishlab chiqilgan bo‘lib, AnTuTu’da 470 000 balgacha natija ko‘rsatadi va og‘ir ilovalarni ham osilish va to’xovsiz ishlatadi.

256 GB ichki xotira va 8 GB tezkor xotira (16 GB gacha kengaytiriladi) — bu esa bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovani bemalol ishlatish va xotirani tozalash haqida o‘ylamaslik imkonini beradi.

Ishonchli batareya va tezkor quvvatlanish

Seriya smartfonlari 5000 mA·soat batareya bilan jihozlangan — kun bo‘yi faol ishlatishda ham bemalol yetadi.

Bundan tashqari, 45W tezkor quvvatlash qo‘llab-quvvatlanadi, Pro+ versiyasida esa 30W simsiz quvvatlash ham mavjud. Bu narx toifasida juda noyob imkoniyat.

Har qanday sharoitda sifatli kamera

SPARK 40 modeli 50 MP asosiy AI-kamera bilan jihozlangan. U sahna sozlamalarini avtomatik tanlaydi va hatto past yoritishda ham sifatli va tiniq suratlar yaratadi.

13 MP old kamera — selfilar, videqo‘ng‘iroqlar va stories uchun ajoyib.

Video Full HD formatda elektron stabilizatsiya bilan yoziladi, shuningdek sekinlashtirilgan suratga olish rejimi ham mavjud.

Signal sust bo‘lsa ham barqaror aloqa

Helio G200 chipseti Pro+ modelida DCSAR texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa tog‘li hududlar, chekka joylar yoki qishloq joylarda ham aloqa barqarorligini oshiradi.

Bu O’zbekiston sharoitida juda muhim afzallik.

Aqlli funksiyalar — sizning qulayligingiz uchun

SPARK 40 seriyasi HiOS 15 va Android 15 asosida ishlaydi. Smartfonlarda foydali imkoniyatlar bor:

•        AI Gallery — suratlarni avtomatik tartiblaydi

•        Ella Smart Assistant — ovozli boshqaruv

•        Memory Fusion — virtual tezkor xotira kengaytmasi

•        Face Unlock, App Lock, Kids Mode — xavfsizlik va oila uchun qulaylik

•        Noyob uslub — sizni ajratib turadi

•        Nebula Black, Aurora White, Moon Titanium va Tundra Green ranglari zamonaviy va chiroyli ko‘rinadi.

•        Ingichka va yengil korpus, mukammal yig‘ilish — TECNO nafaqat texnik xususiyatlarga, balki tashqi ko‘rinishga ham katta e’tibor beradi.

•        SPARK 40 seriyasi – ishlatish yoqimli, ko‘rsatish esa faxrli smartfonlar.

Narxi ham yoqimli hayratlantiradi

TECNO SPARK 40 seriyasi yosh auditoriya uchun mo‘ljallangan — zamonaviy smartfonni qo‘shimcha ortiqcha xarajatlarsiz olish imkoniyati.

Seriya flagman darajasidagi imkoniyatlarni o‘rtacha narxda taklif etadi.

TECNO SPARK 40 — texnologiyalar, uslub va qulaylikni birlashtirgan mukammal tanlov.

U  talabchan talaba, yosh mutaxassis yoki faol foydalanuvchi uchun yaxshi hamroh.

TECNO — innovatsiya va sifat har bir foydalanuvchi uchun

TECNO kompaniyasi ko‘p yillardan buyon mobil texnologiyalar bozorida yetakchilikni saqlab kelmoqda. U zamonaviy, kuchli va qulay yechimlarni taqdim etib, har bir seriya orqali yangi qadamlarga chiqmoqda.

SPARK 40 seriyasi — dizayn, ishlash samaradorligi va aqlli texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan yorqin namuna.

TECNO kelajakda ham hayratlantiruvchi va hayotni osonlashtiruvchi qurilmalarni yaratishda davom etadi.

Yangi TECNO SPARK 40 allaqachon O’zbekistonda mavjud!

 Uni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib, aqlli smartfon qanday bo‘lishini bilib oling.

Instagram: @TecnoUzbekistan (https://www.instagram.com/tecnouzbekistan/)

Web: https://www.tecno-mobile.com/uz/

Izoh yozib qoldiring

  • Quality
  • Price
  • Service

PROS

+
Add Field

CONS

+
Add Field
Choose Image
Choose Video