{"id":5125,"date":"2021-12-09T11:27:21","date_gmt":"2021-12-09T11:27:21","guid":{"rendered":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/african-nation-are-strugling-to-save-their-wildlife-6-copy\/"},"modified":"2022-06-07T15:33:56","modified_gmt":"2022-06-07T15:33:56","slug":"if-you-went-round-the-world-which-places-could-you-not-leave-out","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/ru\/5125\/","title":{"rendered":"\u201cEnergetika muammolarining yechimi xususiylashtirishga borib taqaladi\u201d &#8211; Shahzod Yo\u2018ldoshboyev"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekistonda sun\u2019iy arzonlashtirilgan elektr energiyasining narxi jahondagidan 7 barobargacha pastroq; qolaversa, eskirgan tizimda samaradorlik past. Ayni vaziyatda mavjud yechimlarning barchasi xususiylashtirishga borib taqaladi, deydi kolumnist Shahzod Yo\u2018ldoshboyev.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-embed is-type-video is-provider-youtube wp-block-embed-youtube wp-embed-aspect-16-9 wp-has-aspect-ratio\"><div class=\"wp-block-embed__wrapper\">\n<iframe loading=\"lazy\" title=\"\u201cSvet\u201d o\u2018chishidan qutulish yo\u2018li \u2013 xususiylashtirish | Shahzod Yo\u2018ldoshboyev\" width=\"1200\" height=\"675\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/tcHLVBM5H3E?feature=oembed\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture\" allowfullscreen><\/iframe>\n<\/div><\/figure>\n\n\n\n<p><em>Iqtisodiyot bo\u2018yicha kolumnist, AQShning Jorjtaun universiteti Xalqaro iqtisodiyot fakulteti talabasi Shahzod Yo\u2018ldoshboyev Kun.uz&#8217;ga bergan intervyusida isloh qilinishi&nbsp;<a href=\"https:\/\/kun.uz\/news\/2022\/02\/01\/energetika-bozori-erkinlashtiriladi\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">belgilangan<\/a>&nbsp;O\u2018zbekiston energetika tizimi haqidagi fikrlari bilan o\u2018rtoqlashdi.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u201cSubsidiyalar bozor muvozanatini buzadi\u201d<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2014 Subsidiya \u2013 davlat budjetidan ajratiladigan mablag\u2018, uning asosiy vazifasi bozordagi erkin narxni sun\u2019iy ravishda tushirib berish. Siyosatchilar nazdida bu aholiga yordam berish maqsadida amalga oshiriladi, shunda odamlar arzonlashtirilgan narxda qaysidir mahsulotni sotib olishga musharraf bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aksariyat iqtisodchilarning fikricha, subsidiyalarning eng katta zarari \u2013 bozordagi muvozanatni buzishi. Undan tashqari, iqtisodiy rivojlanishga tahdid soladi va ijtimoiy tengsizlikni chuqurlashtirib boradigan dastur sifatida ko\u2018riladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozir O\u2018zbekistonda &nbsp;xonadonlar uchun 1 kv.soat elektr toki narxi 295 so\u2018m, bu taxminan 2,6 sentga to\u2018g\u2018ri keladi. Dunyo miqyosida bu narx 7 barobar qimmatroq. O\u2018rtadagi tafovutning oldini olish uchun yalpi ichki mahsulotimizning 6,6 foizini subsidiya uchun ishlatamiz. Solishtirish uchun, ta\u2019limga YaIMning 5,1 foizi, sog\u2018liqni saqlashga esa 5,3 foizi to\u2018g\u2018ri keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodiyotdagi eng zararli so\u2018zlar \u2013 \u201cimtiyoz\u201d, \u201csubsidiya\u201d va \u201cpreferensiya\u201d. O\u2018zbekiston iqtisodiyotida esa bu so\u2018zlar ko\u2018p ishlatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Subsidiya barcha uchun baravar bo\u2018lsa&#8230;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2014 Masalan, ikkita qo\u2018shni bor. Bittasi o\u2018rtacha holatda yashaydi. Uyi nisbatan kichkina, mashinasi yo\u2018q, bitta muzlatkich va televizor ishlatadi. Ikkinchisi boy, uch qavat uyda yashaydi. 4ta televizori va ikkita mashinasi bor. Ularning iqtisodiy holati teng emas. Lekin nominal jihatdan qaraganda, davlat tomonidan boy oilaga ko\u2018proq yordam ko\u2018rsatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xususan, ikkinchi xonadon elektr tokini 3 barobar ko\u2018p ishlatadi va qo\u2018shnisiga qaraganda shuncha ko\u2018proq miqdorda subsidiyadan foydalanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahon tajribasida esa pog\u2018onali hisoblash tizimi amal qiladi. Bizda ham Yunusobod tumanida shunaqa tajriba&nbsp;<a href=\"https:\/\/kun.uz\/news\/2022\/05\/12\/energiya-taminotida-tabaqalashtirilgan-tariflarga-otiladi\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">o\u2018tkazilgan<\/a>. Bunda iste\u2019moli 300 kv.soatdan oshgan uy xo\u2018jaliklari har bir kv.soat uchun ko\u2018proq pul to\u2018lagan. Bu albatta iqtisodiy manfaati bor dastur hisoblanadi. Bu tajribaning ijobiy va salbiy jihatlarini yana bir bor tahlil qilib, ko\u2018proq hududlarda amaliyotga qo\u2018llash foydali bo\u2018lardi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u201cTizim eskirgan, yechim xususiylashtirishga borib taqaladi\u201d<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2014 O\u2018zbekistonda infratuzilmaning samaradorligi ancha past. Ishlab chiqariladigan elektr energiyasining turli hisob-kitoblarga ko\u2018ra 20 foizi yetkazib berish paytida yo\u2018qolib ketadi. Ya\u2019ni 100 kv.soat ishlab chiqarilsa, yakuniy iste\u2019molchiga 80 kv.soat yetib boradi. Buning asosiy sababi \u2013 infratuzilmaning eskirgani.<\/p>\n\n\n\n<p>Sobiq ittifoq davrida qurilgan inshootlardan haligacha foydalanamiz. Tizimni yaxshilashning yo\u2018llari ko\u2018p, lekin bularning barchasi xususiylashtirishga borib taqaladi. Davlatning rag\u2018batlari boshqacha. Ular xarajatlarni kamaytirish nuqtayi nazaridan emas, ko\u2018p narsalarga ijtimoiy nazar bilan qarashadi. Bu albatta, samaradorlikni tushiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chili misolida tushuntirishga harakat qilaman. Ushbu mamlakatda o\u2018tgan asrning 80-yillarida xususiylashtirish bo\u2018yicha islohotlar boshlangan. O\u2018sha paytda Chilining aholi boshiga YaIM hozirgi O\u2018zbekistondagi ko\u2018rsatkichlarga juda yaqin bo\u2018lgan. Davlat energetika korxonasi 8 qismga bo\u2018linib, kimoshdi savdosi orqali investorlarga tarqatilgan. Raqobat yuzaga kelishi natijasida esa bir necha yildan keyin narxlar tushgan. Jumladan, 1992-2002-yillar oralig\u2018ida Chilidagi elektr energiya narxlari 30 foizga arzonlashgan. Bu tajriba shuni ko\u2018rsatadiki, O\u2018zbekiston sharoitida ham shu kabi yo\u2018llardan foydalanish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>O\u2018ziga to\u2018q aholiga subsidiya to\u2018lash to\u2018xtatilishining qanday ijobiy tomonlari bor?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2014 Tepada yalpi ichki mahsulotimizning 6,6 foizi subsidiyaga ajratilganini aytib o\u2018tdik. Bu 2020 yilda pandemiya sabab energiya resurslar narxlari arzonlashgandagi holat. Aslida ancha ko\u2018p miqdorda subsidiya ajratiladi. Aholi boshiga hisoblasak, O\u2018zbekistonda kishi boshiga 114 dollarda subsidiya ajratilgan. Shu mablag\u2018larni iqtisodiy mantig\u2018i bor boshqa sohalarga, masalan ta\u2019limga ajratilayotgan mablag\u2018larni 10 foizgacha ko\u2018tarishimiz mumkin. Chunki aynan ta\u2019lim tizimi inson kapitalini oshiradigan eng asosiy poydevorlardan biri hisoblanadi. Shu yo\u2018ldan ketsak, istiqbolda O\u2018zbekiston iqtisodiyoti va o\u2018zbekistonliklarga ko\u2018proq foyda bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi kunda soliqlarni yig\u2018volib, ularni tarqatishimiz ham ijtimoiy tengsizlikka olib kelmoqda. Subsidiyalardan esa asosan boylar manfaat ko\u2018rmoqda. XVJ ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, Misrda eng qashshoq 40 foiz aholi subsidiyalarning atigi 3 foizidan foydalangan, qolgan 97 foizi boy qatlam manfaatlari uchun xizmat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-social-links alignleft is-style-default is-horizontal is-content-justification-center is-nowrap is-layout-flex wp-container-core-social-links-is-layout-fc65f29c wp-block-social-links-is-layout-flex\"><li class=\"wp-social-link wp-social-link-facebook  wp-block-social-link\"><a rel=\"noopener nofollow\" target=\"_blank\" href=\"https:\/\/www.facebook.com\/Uzbekistanofficial\/\" class=\"wp-block-social-link-anchor\"><svg width=\"24\" height=\"24\" viewbox=\"0 0 24 24\" version=\"1.1\" xmlns=\"http:\/\/www.w3.org\/2000\/svg\" aria-hidden=\"true\" focusable=\"false\"><path d=\"M12 2C6.5 2 2 6.5 2 12c0 5 3.7 9.1 8.4 9.9v-7H7.9V12h2.5V9.8c0-2.5 1.5-3.9 3.8-3.9 1.1 0 2.2.2 2.2.2v2.5h-1.3c-1.2 0-1.6.8-1.6 1.6V12h2.8l-.4 2.9h-2.3v7C18.3 21.1 22 17 22 12c0-5.5-4.5-10-10-10z\"><\/path><\/svg><span class=\"wp-block-social-link-label screen-reader-text\">Facebook<\/span><\/a><\/li>\n\n<li class=\"wp-social-link wp-social-link-twitter  wp-block-social-link\"><a rel=\"noopener nofollow\" target=\"_blank\" href=\"https:\/\/twitter.com\/Xabarlaruz?t=RbTyrGOuZDVRVHqmgz2DQg&#038;s=09\" class=\"wp-block-social-link-anchor\"><svg width=\"24\" height=\"24\" viewbox=\"0 0 24 24\" version=\"1.1\" xmlns=\"http:\/\/www.w3.org\/2000\/svg\" aria-hidden=\"true\" focusable=\"false\"><path d=\"M22.23,5.924c-0.736,0.326-1.527,0.547-2.357,0.646c0.847-0.508,1.498-1.312,1.804-2.27 c-0.793,0.47-1.671,0.812-2.606,0.996C18.324,4.498,17.257,4,16.077,4c-2.266,0-4.103,1.837-4.103,4.103 c0,0.322,0.036,0.635,0.106,0.935C8.67,8.867,5.647,7.234,3.623,4.751C3.27,5.357,3.067,6.062,3.067,6.814 c0,1.424,0.724,2.679,1.825,3.415c-0.673-0.021-1.305-0.206-1.859-0.513c0,0.017,0,0.034,0,0.052c0,1.988,1.414,3.647,3.292,4.023 c-0.344,0.094-0.707,0.144-1.081,0.144c-0.264,0-0.521-0.026-0.772-0.074c0.522,1.63,2.038,2.816,3.833,2.85 c-1.404,1.1-3.174,1.756-5.096,1.756c-0.331,0-0.658-0.019-0.979-0.057c1.816,1.164,3.973,1.843,6.29,1.843 c7.547,0,11.675-6.252,11.675-11.675c0-0.178-0.004-0.355-0.012-0.531C20.985,7.47,21.68,6.747,22.23,5.924z\"><\/path><\/svg><span class=\"wp-block-social-link-label screen-reader-text\">Twitter<\/span><\/a><\/li>\n\n<li class=\"wp-social-link wp-social-link-youtube  wp-block-social-link\"><a rel=\"noopener nofollow\" target=\"_blank\" href=\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCXmCJfxmgLSWKKX6SK4s7Kw\" class=\"wp-block-social-link-anchor\"><svg width=\"24\" height=\"24\" viewbox=\"0 0 24 24\" version=\"1.1\" xmlns=\"http:\/\/www.w3.org\/2000\/svg\" aria-hidden=\"true\" focusable=\"false\"><path d=\"M21.8,8.001c0,0-0.195-1.378-0.795-1.985c-0.76-0.797-1.613-0.801-2.004-0.847c-2.799-0.202-6.997-0.202-6.997-0.202 h-0.009c0,0-4.198,0-6.997,0.202C4.608,5.216,3.756,5.22,2.995,6.016C2.395,6.623,2.2,8.001,2.2,8.001S2,9.62,2,11.238v1.517 c0,1.618,0.2,3.237,0.2,3.237s0.195,1.378,0.795,1.985c0.761,0.797,1.76,0.771,2.205,0.855c1.6,0.153,6.8,0.201,6.8,0.201 s4.203-0.006,7.001-0.209c0.391-0.047,1.243-0.051,2.004-0.847c0.6-0.607,0.795-1.985,0.795-1.985s0.2-1.618,0.2-3.237v-1.517 C22,9.62,21.8,8.001,21.8,8.001z M9.935,14.594l-0.001-5.62l5.404,2.82L9.935,14.594z\"><\/path><\/svg><span class=\"wp-block-social-link-label screen-reader-text\">YouTube<\/span><\/a><\/li>\n\n<li class=\"wp-social-link wp-social-link-telegram  wp-block-social-link\"><a rel=\"noopener nofollow\" target=\"_blank\" href=\"https:\/\/t.me\/UZBEKISTANUZ\" class=\"wp-block-social-link-anchor\"><svg width=\"24\" height=\"24\" viewbox=\"0 0 128 128\" version=\"1.1\" xmlns=\"http:\/\/www.w3.org\/2000\/svg\" aria-hidden=\"true\" focusable=\"false\"><path d=\"M28.9700376,63.3244248 C47.6273373,55.1957357 60.0684594,49.8368063 66.2934036,47.2476366 C84.0668845,39.855031 87.7600616,38.5708563 90.1672227,38.528 C90.6966555,38.5191258 91.8804274,38.6503351 92.6472251,39.2725385 C93.294694,39.7979149 93.4728387,40.5076237 93.5580865,41.0057381 C93.6433345,41.5038525 93.7494885,42.63857 93.6651041,43.5252052 C92.7019529,53.6451182 88.5344133,78.2034783 86.4142057,89.5379542 C85.5170662,94.3339958 83.750571,95.9420841 82.0403991,96.0994568 C78.3237996,96.4414641 75.5015827,93.6432685 71.9018743,91.2836143 C66.2690414,87.5912212 63.0868492,85.2926952 57.6192095,81.6896017 C51.3004058,77.5256038 55.3966232,75.2369981 58.9976911,71.4967761 C59.9401076,70.5179421 76.3155302,55.6232293 76.6324771,54.2720454 C76.6721165,54.1030573 76.7089039,53.4731496 76.3346867,53.1405352 C75.9604695,52.8079208 75.4081573,52.921662 75.0095933,53.0121213 C74.444641,53.1403447 65.4461175,59.0880351 48.0140228,70.8551922 C45.4598218,72.6091037 43.1463059,73.4636682 41.0734751,73.4188859 C38.7883453,73.3695169 34.3926725,72.1268388 31.1249416,71.0646282 C27.1169366,69.7617838 23.931454,69.0729605 24.208838,66.8603276 C24.3533167,65.7078514 25.9403832,64.5292172 28.9700376,63.3244248 Z\" \/><\/svg><span class=\"wp-block-social-link-label screen-reader-text\">Telegram<\/span><\/a><\/li>\n\n<li class=\"wp-social-link wp-social-link-instagram  wp-block-social-link\"><a rel=\"noopener nofollow\" target=\"_blank\" href=\"https:\/\/www.instagram.com\/uzbekistanofficial\/?utm_medium=copy_link\" class=\"wp-block-social-link-anchor\"><svg width=\"24\" height=\"24\" viewbox=\"0 0 24 24\" version=\"1.1\" xmlns=\"http:\/\/www.w3.org\/2000\/svg\" aria-hidden=\"true\" focusable=\"false\"><path d=\"M12,4.622c2.403,0,2.688,0.009,3.637,0.052c0.877,0.04,1.354,0.187,1.671,0.31c0.42,0.163,0.72,0.358,1.035,0.673 c0.315,0.315,0.51,0.615,0.673,1.035c0.123,0.317,0.27,0.794,0.31,1.671c0.043,0.949,0.052,1.234,0.052,3.637 s-0.009,2.688-0.052,3.637c-0.04,0.877-0.187,1.354-0.31,1.671c-0.163,0.42-0.358,0.72-0.673,1.035 c-0.315,0.315-0.615,0.51-1.035,0.673c-0.317,0.123-0.794,0.27-1.671,0.31c-0.949,0.043-1.233,0.052-3.637,0.052 s-2.688-0.009-3.637-0.052c-0.877-0.04-1.354-0.187-1.671-0.31c-0.42-0.163-0.72-0.358-1.035-0.673 c-0.315-0.315-0.51-0.615-0.673-1.035c-0.123-0.317-0.27-0.794-0.31-1.671C4.631,14.688,4.622,14.403,4.622,12 s0.009-2.688,0.052-3.637c0.04-0.877,0.187-1.354,0.31-1.671c0.163-0.42,0.358-0.72,0.673-1.035 c0.315-0.315,0.615-0.51,1.035-0.673c0.317-0.123,0.794-0.27,1.671-0.31C9.312,4.631,9.597,4.622,12,4.622 M12,3 C9.556,3,9.249,3.01,8.289,3.054C7.331,3.098,6.677,3.25,6.105,3.472C5.513,3.702,5.011,4.01,4.511,4.511 c-0.5,0.5-0.808,1.002-1.038,1.594C3.25,6.677,3.098,7.331,3.054,8.289C3.01,9.249,3,9.556,3,12c0,2.444,0.01,2.751,0.054,3.711 c0.044,0.958,0.196,1.612,0.418,2.185c0.23,0.592,0.538,1.094,1.038,1.594c0.5,0.5,1.002,0.808,1.594,1.038 c0.572,0.222,1.227,0.375,2.185,0.418C9.249,20.99,9.556,21,12,21s2.751-0.01,3.711-0.054c0.958-0.044,1.612-0.196,2.185-0.418 c0.592-0.23,1.094-0.538,1.594-1.038c0.5-0.5,0.808-1.002,1.038-1.594c0.222-0.572,0.375-1.227,0.418-2.185 C20.99,14.751,21,14.444,21,12s-0.01-2.751-0.054-3.711c-0.044-0.958-0.196-1.612-0.418-2.185c-0.23-0.592-0.538-1.094-1.038-1.594 c-0.5-0.5-1.002-0.808-1.594-1.038c-0.572-0.222-1.227-0.375-2.185-0.418C14.751,3.01,14.444,3,12,3L12,3z M12,7.378 c-2.552,0-4.622,2.069-4.622,4.622S9.448,16.622,12,16.622s4.622-2.069,4.622-4.622S14.552,7.378,12,7.378z M12,15 c-1.657,0-3-1.343-3-3s1.343-3,3-3s3,1.343,3,3S13.657,15,12,15z M16.804,6.116c-0.596,0-1.08,0.484-1.08,1.08 s0.484,1.08,1.08,1.08c0.596,0,1.08-0.484,1.08-1.08S17.401,6.116,16.804,6.116z\"><\/path><\/svg><span class=\"wp-block-social-link-label screen-reader-text\">Instagram<\/span><\/a><\/li>\n\n<li class=\"wp-social-link wp-social-link-tiktok  wp-block-social-link\"><a rel=\"noopener nofollow\" target=\"_blank\" href=\"https:\/\/vm.tiktok.com\/ZSeQtCJU5\/\" class=\"wp-block-social-link-anchor\"><svg width=\"24\" height=\"24\" viewbox=\"0 0 32 32\" version=\"1.1\" xmlns=\"http:\/\/www.w3.org\/2000\/svg\" aria-hidden=\"true\" focusable=\"false\"><path d=\"M16.708 0.027c1.745-0.027 3.48-0.011 5.213-0.027 0.105 2.041 0.839 4.12 2.333 5.563 1.491 1.479 3.6 2.156 5.652 2.385v5.369c-1.923-0.063-3.855-0.463-5.6-1.291-0.76-0.344-1.468-0.787-2.161-1.24-0.009 3.896 0.016 7.787-0.025 11.667-0.104 1.864-0.719 3.719-1.803 5.255-1.744 2.557-4.771 4.224-7.88 4.276-1.907 0.109-3.812-0.411-5.437-1.369-2.693-1.588-4.588-4.495-4.864-7.615-0.032-0.667-0.043-1.333-0.016-1.984 0.24-2.537 1.495-4.964 3.443-6.615 2.208-1.923 5.301-2.839 8.197-2.297 0.027 1.975-0.052 3.948-0.052 5.923-1.323-0.428-2.869-0.308-4.025 0.495-0.844 0.547-1.485 1.385-1.819 2.333-0.276 0.676-0.197 1.427-0.181 2.145 0.317 2.188 2.421 4.027 4.667 3.828 1.489-0.016 2.916-0.88 3.692-2.145 0.251-0.443 0.532-0.896 0.547-1.417 0.131-2.385 0.079-4.76 0.095-7.145 0.011-5.375-0.016-10.735 0.025-16.093z\" \/><\/svg><span class=\"wp-block-social-link-label screen-reader-text\">TikTok<\/span><\/a><\/li><\/ul>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekistonda sun\u2019iy arzonlashtirilgan elektr energiyasining narxi jahondagidan 7 barobargacha pastroq; qolaversa, eskirgan tizimda samaradorlik past. Ayni vaziyatda mavjud yechimlarning barchasi xususiylashtirishga borib taqaladi, deydi kolumnist Shahzod Yo\u2018ldoshboyev. Iqtisodiyot bo\u2018yicha kolumnist, AQShning Jorjtaun universiteti Xalqaro iqtisodiyot fakulteti talabasi Shahzod Yo\u2018ldoshboyev Kun.uz&#8217;ga bergan intervyusida isloh qilinishi&nbsp;belgilangan&nbsp;O\u2018zbekiston energetika tizimi haqidagi fikrlari bilan o\u2018rtoqlashdi. \u201cSubsidiyalar bozor muvozanatini buzadi\u201d \u2014 [&hellip;]<\/p>","protected":false},"author":1,"featured_media":8723,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"video","meta":{"footnotes":""},"categories":[119,124,120],"tags":[],"class_list":["post-5125","post","type-post","status-publish","format-video","has-post-thumbnail","hentry","category-iqtisod","category-huquq","category-jamiyat","post_format-video"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5125","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5125"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5125\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9039,"href":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5125\/revisions\/9039"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8723"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5125"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5125"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbekistanofficial.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5125"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}